Parkentda hokimning o‘g‘lidan Captiva sotib olishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari aniqlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida Parkent tumani hokimligi hisobidan tuman hokimining o‘g‘li rahbarligidagi “Mega Karer” MCHJdan Captiva rusumli avtomobilni 260 mln so‘mga sotib olgani haqida xabarlar bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga so‘rov kiritdi. O‘tkazilgan tekshiruvlarda esa Parkent tumani hokimligining harakatlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari aniqlanganib, xarid bekor qilindi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ushbu masala yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan Parkent tuman hokimining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari o‘tkazilgan. 

Tekshirishlar davomida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilgani, xususan avtomashina sotib olishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. 

Natijada tuman hokimining avtomashina sotib olish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilingan va “Mega Karer” MCHJ tomonidan 260 mln so‘m pul mablag‘lari tuman hokimligi hisob raqamiga qaytarib o‘tkazib berilgan. Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Parkent tumani hokimligi

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar