Yevropada ilk futbol o‘yinlarini qayta boshlash sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yevropada karantindan so‘ng ilk futbol uchrashuvlari Germaniyada boshlanishi mumkin. Dastlabki uchrashuvlar 9 may kuniga mo‘ljallangani ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Tomoshabinlar o‘rniga maniken-qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Tomoshabinlar bilan o‘yinlar o‘tkazish hozircha imkonsiz. 9 maydan o‘yinlarni o‘tkazishni boshlashimiz mumkin“, deydi Bavariya Bosh vaziri Markus Zeder.

Eslatib ўтамиз, Germaniya chempionati o‘yinlari COVID-19 koronavirusining global epidemiyasi tufayli to‘xtatilgan. UEFA zonasida Belarusdan tashqari barcha milliy chempionatlar to‘xtatib qo‘yiladi. Bundan oldin Italiyadagi futbol musobaqalarining qayta tiklanishi sanasi ma’lum bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Bundesligada 55 ochko bilan “Bavariya“ jamoasi peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Koronavirus Germaniyada

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing