Mirziyoyevaning tanqididan keyin Urganchda Axborot xizmatlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kuni kecha davlat organlarining matbuot xizmatlari faoliyatini, ularning OAVda tarqatilayotgan xabarlarga nisbatan e’tiborsizligi, shaffoflik va tezkor munosabat bilan chiqish yo‘qligi, kadrlar muammosini tanqid qilib chiqqandi. Ayni kunlarda agentlik tarafidan axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, ularning xalq bilan muloqotini jonlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligini ta’minlashga qaratilgan turkum seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

“Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusidagi seminarlarning navbatdagi turkumi 23 may kuni Urganch shahrida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, shahar va tumanlar hokimi o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi. 

Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilgan o‘quv-seminarda Axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik: milliy va xorijiy tajriba,  tashkilot faoliyatida uchraydigan steriotiplar, ularni buzishda OAVning roli, tashkilot imiji va uni boshqarish usullari haqida fikr almashildi. 

Shuningdek, OAV uchun tadbirlarning o‘ziga xosligi,  matbuot-anjumani, brifing, press-tur, taqdimot, tadbirlar uchun zarur PR-matnlar tayyorlash, kamera uchun kiyinish, axborot xizmatlari tomonidan tayyorlanadigan materiallarda vizual instrumentlardan foydalanish, internetdagi on-layn instrumentlardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha taqdimotlar, amaliy mashg‘ulotlar, aqliy hujum, muhokama  bo‘lib o‘tdi.  

Treningda kutilgan amaliy natijalar yuzasidan tinglovchilar tomonidan  fikr-mulohazalar  bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing