Mirziyoyev Putin bilan Ukraina masalasini muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Muloqotda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilingan.

“Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan. 

Rossiya Prezident idorasi – Kreml tarqatgan xabarda esa, "O‘zbekiston Prezidenti Putin bilan suhbatda Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini tushunishini bildirdi", deb yozilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Shavkat Mirzieyov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

2946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made