Mirziyoyev konstruktiv muxolifat huquqlarini kafolatlashga va’da berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda konstruktiv muxolifat faoliyatini ta’minlashga va’da berdi. U bu haqda bugun, 14 iyul kuni yangi prezidentlik muddatiga kirishishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, davlat rahbari, O‘zbekistonda barcha siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari so‘zsiz ta’minlanishini aytdi. 

“O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o‘lkasi yoki mintaqasida bo‘lmasin, qonunlarimiz himoyasida bo‘ladi. Chet eldagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev muxolifat Qasamyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made