Mirziyoyev IHT doirasida Energetika vazirlari kengashini tuzishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida Energetika vazirlari kengashini ta’sis etishni taklif qildi. 

Uning qayd etishicha, milliy energetika strategiyalarini uyg‘unlashtirish, mintaqalararo energiya resurslarini uzatish tarmoqlarini rivojlantirish, “yashil” energetika texnologiyalarini keng joriy etishning ahamiyati oshmoqda.

“Biz Tashkilotning energetika sohasida hamkorlik strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz. 2030 yilgacha 25 gigavatt quvvatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratishni va balansimizda ularning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Shu yilning o‘zida 2 gigavatt quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiryapmiz”, deydi O‘zbekiston rahbari.

U, shuningdek, O‘zbekiston “yashil vodorod” ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlarni qo‘yayotganini urg‘uladi.

“Ushbu yo‘nalishlarda barcha davlatlar bilan ochiq muloqot va tajriba almashishga tayyormiz”, deydi Mirziyoyev. 

Shu munosabat bilan hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish va ishlarni tizimli asosda olib borish uchun Tashkilot doirasida alohida Energetika vazirlari kengashini ta’sis etishni taklif qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made