Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘zbekiston Prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi.

So‘ng Prezident Mirziyoyev “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.

Bildirilishicha, oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda "Made in Uzbekistan" mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing