Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlashtiriladi

Jamiyat

image

Biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimi bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video haqida xabar bergan edik. Mazkur voqea Milliy gvardiya rahbariyati nazorati ostiga olingani ma’lum bo‘ldi. 

“Ushbu holat bo‘yicha Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov bilan bog‘landik. Uning qayd etishicha, bu holat haqatda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan. Mazkur voqea bo‘yicha Milliy gvardiya rahbariyati o‘sha vaqtning o‘zidayoq xabardor qilingan”, deb yozmoqda O‘zA. 

Matbuot xizmati boshlig‘i ta’kidlashicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Mazkur harbiy xizmatchi F.Sh.ga nisbatan albatta tegishli jazo chorasi ko‘riladi va Milliy gvardiya safidan chetlashtiriladi.

Har qanday salbiy xatti-harakatlar sodir etgan harbiy xizmatchilarga Milliy gvardiya Qo‘mondonligi tomonidan qattiq choralar ko‘riladi. Milliy gvardiya safida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi uchun fidoiy bo‘lganlar xizmat qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made