Milliy gvardiya akademiyasida 17 nafar kursant qizamiqqa chalindi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘iston shimolidagi Petropavlovsk shahridagi Milliy gvardiya akademiyasida 17 nafar kursant qizamiq kasalligiga chalindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat ma’lum qilgan. 

Dastlab Shimoliy Qozog‘iston viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi qizamiq bilan bog‘liq 29 ta holat qayd etilgani haqida xabar bergan. Vazir esa bu ma’lumotni rad etgan. 

“29 nafari shubha bilan yotqizilgan, shundan 17 nafarida tasdiqlangan. Hozir respirator virusli infeksiyalarning epidemiya mavsumi, turli infeksiyalar, jumladan, gripp, paragripp yuqyapti. Qolganlarga boshqa tashxis qo‘yilgan”, deydi Ajar Giniyat. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 16 kishi allaqachon tuzalib, shifoxonadan chiqarilgan. Bir kishi tibbiy bo‘limda davolanmoqda. Shu bilan birga, akademiyada karantin joriy etilmagan. 

“Bir nafari hozirda tibbiyot bo‘limida davolanmoqda. Qolganlari allaqachon sog‘ayib ketgan. Asosan, emlanganlar yoki bir marta kasal bo‘lganlar umrbod immunitetga ega. Kim kasal bo‘lmagan bo‘lsa, demak avval bu xastalikni boshdan kechirgan”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyatning ayni vaqtda qizamiq bilan kasallangan 30 nafar bolaning ahvoli og‘ir, shundan 15 nafari bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ekanini aytgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 17 mingdan ortiq qizamiq kasalligi qayd etilgan, ularning 82 foizdan ortig‘i bolalarda, jumladan, 83 foizi emlanmagan bolalarda uchraydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made