Yirik miqdordagi shamchalar yashirincha saqlanayotgani fosh etildi

Jamiyat

image

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari  tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor kuzatuvga olingan fuqaro X.S.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 105 million 800 ming so‘mlik 21 ming 480 dona bayram va tadbirlar uchun mo‘ljallangan shamchalar saqlanayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing