Turkiyada o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
Jamiyat
−
23 fevral 2020
8339Xorijda yana bir O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 21 fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.K. vafot etgan .
Bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda o‘zbekistonliklarning jasadini dafn etish uchun Vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan.
Ta’kidlanishicha, Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi. shuningdek, Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
LiveBarchasi