Namanganda haydovchi “Zil-130”da 12 yashar bolani bosib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 12 yashar bola ayanchli tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH soat 16:30 larda tumandagi “Madaniyat” MFY “Chorvador” fermer xo‘jaligi xududida sodir bo‘lgan. Kosonsoy tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Kosonsoy tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan piyoz ekilgan yer maydonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan "Zil-130" rusumli avtomashinaga piyoz yuklab, orqaga harakatlanayotgan bo‘lgan. 

Shu vaqtda u harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, avtomashina orqa tomonida turgan, Kosonsoy tumanida yashagan, 2008 yilda tug‘ilgan 12 yoshli bolani avtomashinaning orqa o‘ng balloni bilan bosib ketgan.

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing