O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish 85 foizga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni yana 277 taga oshib 34528 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
 
Yangi kasallanish holatlarining barcha 277 nafari ham Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Ayni vaqtgacha Navoiy shahrida yashagan 53 yoshli U.X. (erkak) hamda Nurafshon shahrida yashagan 79 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 667 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 29328 nafarga (85 foiz) yetdi.
 
Hozirda mamlakatda 4975 nafar bemorga shifokor tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing