Messi yana bir tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi bir o‘yinda MLSning ikkita rekordini o‘rnatdi.

AQSH futbol birinchiligining so‘nggi turida “Inter Mayami” o‘z maydonida “Nyu-York Red Bullz”ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Messi bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi bir o‘yinda 6 (1+5) ochko to‘pladi.

Shunday qilib, Messi bir o‘yinda beshta golli uzatmani amalga oshirgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. U, shuningdek, bir o‘yinda olti ochko jamg‘argan birinchi MLS futbolchisiga aylandi.

AQSH chempionatida 12 o‘yindan so‘ng “Inter Mayami” 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 21 ochko bilan “Sinsinnati” 2-o‘rinda, 19 ochko to‘plagan “Toronto” 3-o‘rinda qayd etilgan.

“Inter Mayami” keyingi o‘yinini safarda “Monreal” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bahs 12 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made