Ukrainada erkak avtobusdagilarni garovga olib, g‘alati talab qo‘ydi. Hodisaga Prezident aralashdi

Olam

image

Bugun, 21 iyul kuni Ukrainaning Lutsk shahrida avtobusni yo‘lovchilari bilan garovga oldi. Avtobusda turli dastlab 20 kishi borligi aytildi, keyinroq “112 Ukraina” telekanali 10 kishi garovda ekani ma’lum qildi.

Politsiya erkakda ko‘p miqdorda qurol, jumladan qo‘l granata bo‘lishi mumkinligini bildirdi. “Strana” nashri ma’lumotiga ko‘ra, erkak avtobusga mina o‘rnatilgan va boshqa bir odam gavjum joy minalashtirilganini aytgan.

Qo‘poruvchi avtobusni garovga olgach, oynadan granata otgan, ammo u portlamay qolgan. Yaqin atrofdagi uylarda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan.

Huquq-tartibot organi xodimlari terrorchi bilan aloqa o‘rnatishga uringan. Dastlab urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Keyinroq, 3 kishi avtobusdan chiqarib olingan. Bular bola, qari va homilador ayol.

Avtobusni garovga olgan shaxs o‘zini Maksim Ploxoy deb tanishtirgan. U sudlar, vazirliklar, prokuratura, parlament, cherkov rahbarlari – jami 24 kishi qonundagi terrorchi ekanini yozib, YouTube`ga joylashini talab qildi. U Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham videomurojaat yo‘llashini talab qildi.

Hodisa joyiga IIVning turli bo‘linmalari safarbar qilindi. Ammo Vladimir Zelenskiy terrorchining talabini bajarib, videomurojaat yo‘lladi.

“2005 yildagi “Yerliklar” filmini hamma tomosha qilsin”, degan Zelenskiy terrorchining talabiga binoan. Videomurojaat davlat rahbarining Facebook sahifasiga joylashtirilgan.

Murojaatdan keyin buzg‘unchi garovdagilarni qo‘yib yubordi. Biroq avtobus yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Maxsus bo‘linma erkakni qo‘lga oldi.

Shundan so‘ng, Zelenskiy Facebook sahifasiga joylashtirgan murojaatini o‘chirib tashladi. Shu bilan hodisa nihoyasiga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing