Isroil Madrimov sparringlarni yakunladi, jang shu haftada

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov shu yilning 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Sportchi mazkur jangga sparringlarni yakunladi. 

Isroil Madrimovga bo‘lajak jangda meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qildi. 

Kechaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasda sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Derevyanchenko o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jangda o‘rtaga vakant bo‘lib turgan IVF chempionlik kamari qo‘yiladi. 

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov 1995 yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan. U 75 kilogramm vazn toifasida Butunjahon seriyali boks musobaqalarida " Uzbek Tigers" yarim professional boks klubi tarkibida o‘ynagan. Osiyo chempioni (2017) va Osiyo o‘yinlari chempioni (2018). 2018 yilning kuzida u professional boksga o‘tdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov N'yu Yorkda

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing