Bojxonadan me’yordan ortiq tovar olib o‘tish bo‘yicha yangi nizom loyihasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish normalaridan ortiqcha bo‘lgan tovarlar olib kirilganda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston  Respublikasiga  jismoniy  shaxslar  tomonidan  chegara bojxona postlari orqali bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish normalaridan ortiqcha bo‘lgan tovarlar olib kirilganda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi. 

Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar – jismoniy shaxslarda tovarlarining qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, ular tomonidan belgilangan muddat ichida o‘z xohishlari bilan mazkur tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketish istagini bildirgan tovarlari, shu bilan birga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan deb qaralgan tovarlari;

tovar hujjatlari – vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar nomi, qiymati, miqdori, vazni, hajmi va boshqa xarakteristikalarini tavsiflovchi (chek, yuk xati (nakladnoy), spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys, tovar ishlab chiqaruvchi yorliqlari va h.k) hujjatlari, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar;

chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma) – vaqtincha saqlash
uchun qabul qilingan tovarlarni chegara bojxona postlarida mavjud vaqtincha saqlash joyiga joylashtirish va qabul qilib olish jarayonida foydalaniladigan mazkur nizomning 1-ilovasida tasdiqlangan shakldagi dalolatnoma;

vaqtincha saqlash joyi – dalolatnoma asosida qabul qilib olingan tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan, himoya va videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan, alohida talablarga ega maxsus xona(lar);

tarif – vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun to‘lov miqdori. vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar – jismoniy shaxslarda tovarlarining qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, ular tomonidan belgilangan muddat ichida o‘z xohishlari bilan mazkur tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketish istagini bildirgan tovarlari, shu bilan birga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan deb qaralgan tovarlari;

tovar hujjatlari – vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar nomi, qiymati, miqdori, vazni, hajmi va boshqa xarakteristikalarini tavsiflovchi (chek, yuk xati (nakladnoy), spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys, tovar ishlab chiqaruvchi yorliqlari va h.k) hujjatlari, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar;

chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasi – vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni chegara bojxona postlarida mavjud vaqtincha saqlash joyiga joylashtirish va qabul qilib olish jarayonida foydalaniladigan mazkur nizomning 1-ilovasida tasdiqlangan shakldagi dalolatnoma;

vaqtincha saqlash joyi – dalolatnoma asosida qabul qilib olingan tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan, himoya va videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan, alohida talablarga ega maxsus xona(lar);

tarif – vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun to‘lov miqdori.

Huqubuzarlik ashyolari bo‘lmagan yoxud jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni tekshirish hamda ma’muriy ishlarni yuritish jarayonida olib qo‘yilmagan yoki xatlanmagan tovarlar va ularga tegishli hujjatlar ushbu nizomda ko‘rsatilgan hollarda bojxona organlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilinishi mumkin.

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bayon etilgan (shuningdek, og‘zaki shaklda) ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash zarur bo‘lgan taqdirda, tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar o‘tkaziladigan bojxona ko‘rigi yoki bevosita bojxona ko‘zdan kechiruvi jarayonida mazkur nizom ob’ekti maqomiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, bunday tovarlar ro‘yxati jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida yozma shaklda deklaratsiyalanishi shart.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan tovarlarning miqdori yoki qiymati bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish normalaridan ortadigan hollarda, belgilangan normalar doirasida tovarlarning qaysi qismini o‘zi bilan olib ketish va belgilangan normalardan ortiq qaysi qismini mazkur nizom talablari asosida vaqtincha saqlash uchun qoldirish masalasi fuqaroning o‘z ixtiyorida qoladi.

Barcha vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar vazni va hajmi o‘lchovdan o‘tkazilishi shart.

Mazkur nizom qoidalarini qo‘llash uchun, olib kelingan tovarlar hujjatlari asos bo‘ladi.

Jismoniy shaxs tomonidan bunday hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, olib kelingan tovarlarning qiymati bojxona organlarida mavjud elektron baza ma’lumotlari asosida belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan deb qaralgan tovarlar, tovarning egasi yoki tovarga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning egasi nomidan tegishli shartnoma (nizomda dalolatnoma) yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs (vakolatli shaxs) qaroriga ko‘ra belgilangan tartibda bojxona hamkorligidagi kuzatuv ostida tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga yo‘naltirilishi mumkin.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlash, hisobini yuritish, berish, belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan tovarlar yuzasidan bojxona qonunbuzilish holati bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bojxona organlari rahbariyati tomonidan tayinlanadigan bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.

O‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shaxslar (yo‘nalishli transport vositalari komandirlari, haydovchilari, kuzatuvchilari, texniklari, mexaniklari hamda ishchi xizmatchilari) tomonidan bojxona chegaralari orqali tadbirkorlik maqsadida tovarlar olib o‘tilishi bilan bog‘liq har bir holat bo‘yicha amaldagi qonunchilik normalari hamda mazkur nizom talablari asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, bunday shaxslarning xizmat joylariga belgilangan tartibda ularning o‘z xizmat vazifalaridan tashqari shug‘ullanayotgan ishlari batafsil ko‘rsatilgan taqdimnomalar kiritilishi ta’minlanadi.

Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga olib kelinayotganda (bundan xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari mustasno) mazkur nizom qoidalari tovarlarni olib kelgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Tovarlarni olib kelgan shaxsning tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan bojxona organi nomiga yozgan arizasi hamda unga ilova qilingan shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi va tilxatiga asosan tovarlar boshqa jismoniy shaxs nomiga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda, tovar nomiga o‘tkazilayotgan jismoniy shaxs to‘g‘risida yozma tarzda batafsil ma’lumotlar (F.I.Sh, tug‘ilgan kun, oy, yili, aniq yashash manzili (viloyat, shahar, tuman, qishloq, mahalla, ko‘cha), telefon raqami, mavjud bo‘lganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi) taqdim etilishi talab etiladi.

Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish, ushbu nizom 1-ilovasi bilan tasdiqlangan tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tuzish, shuningdek mazkur dalolatnoma va tovarlarni bunday tovarlarning hisobini yuritish to‘g‘risidagi mazkur nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan shaklga ega kitobga qayd etish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Dalolatnomalar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tayyorlanadigan, har biri qat’iy hisobda turuvchi blanka hisoblanadi.

Dalolatnoma vakolatli shaxs va bojxona xodimi mansabdor shaxsi o‘rtasida bir nusxada tuziladi. Dalolatnomaga vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi nusxalari, mavjud bo‘lgan hollarda tovar hujjatlari, shuningdek tovarlarning identifikatsiya qilish imkonini beruvchi sifatli fotosuratlari ilova qilinadi. Dalolatnoma bojxona xodimi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi vakolatli shaxsga shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.

Dalolatnomada tovarlarni vaqtincha saqlashning yakuniy muddati ko‘rsatiladi. Vakolatli shaxs dalolatnomada ko‘rsatilgan har bir tovarning vaqtincha saqlash muddati bilan tanishib imzo qo‘yadi.

Bojxona organlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan, mazkur nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egasiz deb topilishi va mazkur tovarlar bayonnoma asosida hujjatlashtirilib davlat egaligiga o‘tkazish choralari ko‘rilishi to‘g‘risida vakolatli shaxs o‘z imzosi asosida mazkur nizomda belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnoma orqali ogohlantiriladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar mazkur nizomda ko‘rsatilgan shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joyiga joylashtiriladi.

Vaqtincha saqlash joyi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

himoya va videokuzatuv tizimlariga ega;

temir eshikli, derazalari (mavjud bo‘lsa) temir panjarali, raqamli va kalitli qulflash tizimiga ega;

unumli foydalanish maqsadida maxsus temir javonlar (tokcha) bilan ta’minlangan;

sovutgich-isitgich va havo tozalagich tizimiga ega;

umumiy tovar saqlash hajmi yirik xalqaro o‘tkazish punktlari uchun 45 metr kubdan, boshqa o‘tkazish punktlari uchun 30 metr kubdan kam bo‘lmagan;

qimmatbaho va zargarlik buyumlarini saqlash imkoni mavjud bo‘lgan alohida temir seyfga ega;

tovarlarning vaznini o‘lchash uchun maxsus tarozi (kamida 200 kg yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega) bilan ta’minlangan.


Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga tegishli hujjatlar ushbu nizomda belgilangan muddat davomida bojxona organlari tomonidan vaqtincha saqlab turiladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularning hujjatlari bojxona organlari tomonidan ko‘pi bilan oltmish kalendar kun mobaynida, tez buziladigan tovarlar esa ko‘pi bilan o‘n kalendar kun mobaynida saqlanadi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni va ular bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddati ularni vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan alohida saqlash sharoitlarni talab qiladigan tez buziladigan tovarlar belgilangan normalardan ortiqcha olib kelinganda, bunday tovarlar bojxona organlari tomonidan havo harorati ma’lum me’yorda ushlab turiladigan joyda saqlanishi ta’minlanadi. Bunday tovarlarning saqlash muddati mazkur nizomda nazarda tutilgan muddatdan oshmasligi kerak.

Jismoniy shaxslar tomonidan bayon qilingan (deklaratsiyalangan) mavjud qonunchilikka asosan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar vaqtincha saqlash uchun qabul qilinmaydi.

Bunday tovarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib yuborish yoki tegishli hujjatlar rasmiylashtirish choralari ko‘riladi.

Tez buziladigan tovarlar ro‘yxati qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun, tovarlarning har 100 kg. vazniga (brutto) yoki 0,3 metr kub hajmiga 1 kalendar kun uchun eng kam oylik ish xaqining 0,02 baravari miqdorida, lekin jami saqlangan kunlar uchun 0,2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda milliy valyutada yig‘im undiriladi.

Tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun, bunday tovarlarning har 100 kg. vazniga yoki 0,3 metr kub hajmiga 1 kalendar kun uchun eng kam oylik ish xaqining 0,05 baravari miqdorida, lekin jami saqlangan kunlar uchun 0,2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda milliy valyutada yig‘im undiriladi.

Undirilgan yig‘im, bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda, ushbu tovarlarga nisbatan rasmiylashtirilgan bojxona kirim orderi bilan, qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda, alohida bojxona kirim orderi bilan rasmiylashtiriladi.

Vakolatli shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan, qonun hujjatlari hamda ushbu nizom talablariga muvofiq bojxona qonunbuzilish holati to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirilgan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ular bo‘yicha hujjatlar, o‘z egalariga yoki mazkur nizomning 11-bandi talablari, shuningdek ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga ushbu nizomda belgilangan tartibda qaytariladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish, vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etishi bilan boshlanadi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar, ularga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda, hisoblangan bojxona to‘lovlari va tovarlarni vaqtincha saqlash uchun yig‘im to‘langandan hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin qaytariladi.

O‘z hohishlari bilan qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda, tovarlar mazkur nizomda belgilangan amallar bajarilib, dalolatnomaning ikkinchi qismini to‘ldirish orqali qaytariladi.

Tovarlarni vaqtincha saqlagan bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (bundan buyon matnda Chegara qo‘shinlari) bilan hamkorlikda, qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat asosida qaytarilgan tovarlarni ularga nisbatan vakolatli shaxs bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish va saqlashga ketadigan harajatlar vakolatli shaxs zimmasida bo‘ladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarning but saqlanashi va ushbu nizomda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘z vaqtida vakolatli shaxsga topshirilishiga tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan bojxona organi javobgar hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yo‘llarida joylashgan chegara bojxona postlari orqali olib kelingan mazkur nizom ob’ekti maqomiga tushadigan tovarlar shu vaqtning o‘zida qaytarib olib chiqib ketilishi bayon qilingan taqdirda, bunday shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan tovarlari bilan birgalikda Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib chiqarib yuboriladi.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat yuzasidan vakolatli shaxs tomonidan mazkur nizomda belgilangan talablar to‘liq bajarilmasligi oqibatida tovarlarni qaytarishning rad etilishi, vaqtincha saqlash muddatiga ta’sir etmaydi.

Bojxona organlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni amaldagi qonunchilikda hamda mazkur nizomda belgilanmagan boshqa asoslar bilan qaytarilishini rad etish huquqiga
ega emas.

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni vakolatli shaxslar tomonidan mazkur nizomda belgilangan muddatlarda talab qilib olmaslik qonunbuzilish holati sifatida baholandi va mazkur tovarlar egasiz deb topilib, ularni davlat egaligiga o‘tkazish choralarini ko‘rish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda, vakolatli shaxs ishtirokida to‘ldirilgan qat’iy hisobda turuvchi dalolatnoma blankasi va boshqa ishga aloqador hujjatlar ilova qilingan holda bojxona qonunbuzilish holati to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Bojxona qonunbuzilish holati to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirilgan tovarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablari asosida tartib-taomillar qo‘llaniladi.

Bojxona organlari xodimlari mazkur nizom bilan belgilangan qoidalarga amal qilishlari shart.

Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Bojxona

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing