Prezident xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

Kecha, 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Temurjon Komilov O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta’limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas’ul hisoblanadi.

Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004 yil bakalavriyat va 2006 yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018 yilda u Hisob palatasining Byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Atabek Nazirov o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Atabek Nazirov 2019 yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi tayinlov

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing