May oyi oxirida Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyi oxirida Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan manbasi xabar berdi.

Bu Shtaynmayerning Prezident etib saylangandan keyin O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘lib, tashrif joriy yil may oyining 27-29 kunlariga rejalashtirilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida rasmiy tashrif bilan GFRda bo‘lgandi. Prezident tashrifi davomida 8 mlrd yevrolik kelishuvlar imzolangandi.

Ma’lumot uchun, Germaniya rahbarlari ikki bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Birinchi marta 1995 yilda GFR Prezidenti Roman Xersog davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. 2002 yilda esa GFR kansleri Gerxard Shryoder O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frank-Val'ter Shtaynmayer Germaniya-O'zbekiston

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing