Prezident Andijonga safarini yakunlashdan avval maktabga tashrif buyurdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi. 

Maktab oldida shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon barpo etilgan. Bilim dargohida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyotni chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar, kutubxona, sport zali, yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Bugungi kunda bu yerda 150 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mo‘’jazgina muzeyni ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari shoir she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

"Muhammad Yusuf halqimiz sevgan samimiy shoir, vatanparvar inson edi. Sizlar uning munosib davomchilari bo‘lishingiz kerak. Buning uchun bir daqiqayam vaqtlaringizni bexuda o‘tkazmay, ko‘proq o‘qib, tarixga uyg‘oq boqib kamolga yetishlaringiz zarur. Eng katta boylik – ma’naviy boylikdir", dedi Prezident.

Davlat rahbari mutasaddilarga maktab-internat o‘quvchilari uchun avtobus ajratish, boshqa viloyatlardagi ijod maktablariga borib, tengdoshlari bilan muloqot qilishiga ko‘maklashish, viloyat televideniyesida o‘quvchilar ishtirokida ko‘rsatuvlar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev maktab Muhammad Yusuf

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing