Hech kim bu kasallikdan to‘liq kafolatlangan emas – Nurmat Otabekov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinglar 88 nafarga yetdi. Mamlakatda ushbu virus ortidan qariyb 100 mingga yaqin kishi karantinga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi. 

U butun dunyoda koronavirus xavfi yuqorida darajaga ko‘tirilib borayotganini qayd etib, O‘zbekistonda ham bejiz karantin tadbirlari o‘tkazilmayotganini, vaziyat jiddiy ekanini aytdi. 

“Karantin tadbirlari bejizga aytilmayapti. Bejizga o‘tkazilmayapti. Hozir Respublikada juda katta miqdordagi aholimiz karantin muddatini o‘tayapti. Ularning soni 97 mingdan ko‘proq. Shunday ekan, har birimiz bundan to‘g‘ri xulosa qilishimiz kerak. 

Kuni kecha Prezidentimiz selektor o‘tkazdilar, xalqqa murojaat qildilar. Xabaringiz bor, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Demak, ko‘riladigan ta’sir choralari kuchaytirildi, keskinlashdi. Buni ham unutmasligimiz kerak. 

Masalaning yana bir jihatiga e’tibor qaratmoqchi edik. 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu kasallik aniqlangunga qadar biz tinch, xotirjam edik. Ozgina erkin edik. Sarosimamiz yo‘q edi. Lekin, bizning hududga kasallikni kim olib kirdi? O‘zimizning xalqimiz olib kirdi. Shuncha odamlarimizni xavotirga qo‘ydi. Endi qarangki, mana shu kasallik virusi atrofimizda aylanib yuribdi. Demak, hech kim bu kasallikdan to‘liq kafolatlangan emas. Har bir shaxs bu kasallikka chalinib qolish ehtimoli borligini unutmasligimiz kerak”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval AQSHda istiqomat qilib kelayotgan taniqli jarroh Mehmet O‘z ham bora-bora dunyo aholisining har biri koronavirusni yuqtirib olishi xavfi mavjudligini aytib chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Karantin Nurmat Otabekov

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing