Futbolda penalti va ofsayd qoidalari o‘zgardi

Sport

image

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (XFAK) to‘pni qo‘l bilan o‘ynashi, qizil va sariq kartochkalarni ko‘rsatish, penaltini ijro etish, VAR tizimi va to‘pni almashtirish bilan bog‘liq o‘yin qoidalarini o‘zgartirdi. Bulardan ofsayd qoidalari jiddiy o‘zgarishga uchradi.

Futbolda qo‘l bilan o‘ynash taqiqlangan, ammo ko‘pincha o‘yinda to‘p tasodifan o‘yinchilarning qo‘liga tegib ketadi. Endilikda to‘p o‘yinchi qo‘lining yelka qismidan biroz pastrog‘iga tegsa o‘yin qoidasi buzilmagan hisoblanadi.

Ofsayd

Agar himoyalanayotgan jamoaning o‘yinchisi o‘z qo‘li bilan qasddan o‘ynasa va shundan keyin to‘p hujumkor futbolchiga kelib tushsa, ushbu holat ofsayd hisoblanmaydi. Ushbu vaqtda to‘p hujumchining qo‘liga tegsa, qonunbuzarlik, deb hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, endilikda hujumchining butun tanasi himoyachidan oldinda bo‘lsa va ular o‘rtasida aniq bo‘shliq paydo bo‘lsa, ofsayd deb hisoblanadi. Avval futbolchining bir qismi himoyachidan o‘tib ketsa ham ofsayd hisoblangan. Bu esa turli mojarolarga sabab bo‘lgan.

VAR va to‘p almashinuvi

Shuningdek, yangi qoidalarga ko‘ra, VAR hakamlari faqat bosh hakamga qaror to‘g‘risida maslahat berishlari mumkin. Ammo yakuniy qaror har doim maydondagi hakam tomonidan beriladi. To‘pni almashtirishga kelsak, bu holda yangi to‘pni o‘yin to‘xtatilgan joyda “bahsli to‘p“ sifatida kiritish kerak.

Sariq kartochkalar

Darvozabon endi standart o‘rnatganidan keyin to‘pga tegsa, ogohlantirish olishi mumkin. Masalan, darvozadan zarba hamda jarima zarbasida. Bundan tashqari, agar futbolchi “bahsli to‘p“ kiritilishida masofani saqlamasa, sariq kartochka oladi.

Penaltilar

Agar darvozabon zarba berishdan oldin darvoza chizig‘ini tark etsa va to‘p to‘singa tegsa yoki darvoza oldidan o‘tib ketsa, penaltidan aniq zarba berolmagan o‘yinchi zarbani takrorlamaydi. Agar darvozabon penaltilar seriyasida qoidani buzgan bo‘lsa, og‘zaki ogohlantiriladi. Agar takroran buzilgan bo‘lsa, unga sariq kartochka ko‘rsatiladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Futbol Ofsayd Qoidalar

Baholaganlar

845

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing