Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparati olib kelinyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasidagi choralarni tibbiy nuqtai nazardan kuchaytirish maqsadida Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparatini xarid qilgan. Ularning birinchi qismi yaqin kunlarda olib kelinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 aprel kuni paxtachilik va g‘allachilikda klaster tizimi samaradorligini va hosildorlikni oshirishda eng dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda.

“Ochig‘ini aytish kerak, agar xalqimizning mentaliteti va turmush tarzini, shu jumladan, ish-o‘qish, to‘y-ma’raka, mahalla, bozor, qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, ayniqsa bemorlardan tez-tez xabar olish kabi juda keng ijtimoiy munosabatlarimizni hisobga olsak, karantin va cheklash tadbirlarini vaqtida kiritmaganimizda, bemorlar va yo‘qotishlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi aniq edi.

Infeksiya tarqalishini deyarli bir oy davomida sekinlashtirib, bu vaqtdan davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, chet davlatlarning davolash tajribasini o‘rganish va joriy qilishda unumli foydalandik”, deydi Prezident Mirziyoyev.

Prezidentga ko‘ra, ish-o‘qish, to‘y-ma’raka, mahalla, bozor, qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, ayniqsa bemorlardan tez-tez xabar olish kabi juda keng ijtimoiy munosabatlarni hisobga olib, karantin va cheklash tadbirlari vaqtida kiritmaganida, bemorlar va yo‘qotishlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi ehtimoli yuqori edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 641 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda sun'iy nafas berish apparati

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing