“Marvarid tut”ning inson uchun foydali jihatlari

Foydali

image

Oqtut haqida xalqimiz juda chiroyli o‘xshatish qilib, uni “marvarid tut” deb ta’riflaydi. Darhaqiqat, oqtut xuddi marvarid donalarini eslatadi. 

Ayni kunlarda ular g‘arq pishgan va ularni mazza qilib iste’mol qilib organizmingiz uchun foydali bo‘lgan juda ko‘p organik kislota, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlashingiz mumkin. 

Tut qadimdan yuqori nafas yo‘llari xastaliklari, yo‘tal va shamollashga qarshi davo o‘rnida ishlatilgan. Mashhur tabib Husayn Sheroziy “Tut odam tanasida toza qon paydo qiladi, miyaga quvvat beradi, a’zolardagi tiqinlarni ochadi, jigar va taloqning ish faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek u peshob haydovchi hamdir”, deya ta’rif bergan. 

Abu Ali ibn Sino oqtut bargini angina, quritilmagan barg shirasini esa tish og‘rig‘ida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og‘iz va tomoqdagi shishlarni, dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. 

Xalq tabobatida oqtut isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida, qonni tozalashda ishlatiladi. An’anaviy tibbiyotda oq tut mevasidan kamqonlik, oshqozon-ichak xastaliklari, gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bargi va yangi ochilgan kurtagi organizmda moddalar almashinuvi buzilganida yaxshi yordam beradi. Oq tut mevasidan olingan shinni dorishunoslik sohasida xapdori tayyorlashda foydalaniladi.

Oq tut mevasi kaliyga juda boy. Shunga ko‘ra, uni ateroskleroz, taxikardiya, yurak porogi kasalliklarida tavsiya etishadi. Atigi uch haftalik tutli parhez yordamida bemor nafas qisishi, ko‘krak qafasidagi siquvchi og‘riqdan xalos bo‘lib, yurakning ish qobiliyati tiklanadi. Quyida ularning foydali hususiyatlarini sanab o‘tamiz:

•  Bronxitda qo‘llanishi: 800 g shakar 1 l suvga solinadi va qaynatiladi. Shakar erishi kutiladi, so‘ngra tut va 1 ta limon sharbati qo‘shib, qaynatiladi. Besh daqiqadan keyin olovdan olinadi. 1 osh qoshiqdan 5-6 mahal ichiladi. 
•  Klimaksda qo‘llanishi: 1 kg yangi tut yoki yarim kg mayizi 0,5 l suvda past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmadan tutni olib, yana suvga aralashtiriladi va 30 daqiqa qaynatiladi. Suvni to‘kib tashlab, tut birinchi qaynatmadagi suv bilan yaxshilab aralashtirib, 300 g asal qo‘shiladi. Olovga qo‘yib, aralashtirib qaynatiladi. Xona haroratida sovitiladi. Ovqatlanishdan 1 soat keyin 1 choy qoshiqdan ichiladi.
•  Kamqonlik, podagra, qandli diabetda: yangi tutni yaxshilab ezib, qorishtiriladi. 2 oshqoshig‘i 1 stakan qaynagan suvga solinadi. Termosda 4 soat tindiriladi. Kuniga to‘rt mahal, ovqatlanishdan oldin 1/4 stakandan ichiladi. Yurak porogida: har kuni 4-5 mahal, ovqatlangandan so‘ng 250-300 g tut yeyiladi. 3-4 haftadan so‘ng shifosi sezila boshlaydi. 
•  Ich ketishi, dizenteriya, enterokolitda: 2 oshqoshiq maydalangan tut 1 stakan qaynagan suvda 4 soat tindiriladi, suzib olinadi. Kuniga 3-4 mahal, ovqatlanishdan oldin 1/4 stakandan ichiladi (ich ketganda xom tut qaynatmasi ham yaxshi).
•  Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida: tut sharbati tayyorlanadi va kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Paradontoz, stomatitda og‘iz tut sharbati bilan chayiladi.
•  Bo‘qoqni davolashda: oq tut qalqonsimon bez kasalliklarida koni foyda. Buning uchun har kuni ertalab soat 9 larda 3 donagacha tut mevasini iste’mol qilish kerak. Sababi bu vaqtda qalqonsimon bez juda faol bo‘lib, darmondorilar ta’sirida o‘zidan yanada ko‘proq yod ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tut marvarid

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar