Ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gaz va elektr ta’minotidan uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 21 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Tohir Malik va Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan yer osti gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi iste’molchilar:

•    Qora suv bo‘yi ko‘chasi; 
•    Gyote ko‘chasi;
•    Qora suv mavzesi;

Ulgurji iste’molchilar:

•    Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Akademiya binosi;
•    “Nobel farm” sanoat korxonasi;
•    Toshkent viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
•    Qora suv-4 dahasidagi “Muruvvat uyi”;
•    2-Issiqlik markazi;
•    Qora suv-6 dahasidagi non zavodi;
•    Qora-suv-6 dahasidagi barcha kichik korxonalar.

Shuningdek, 2-Issiqlik markaziga gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtashi munosabati bilan ushbu hudud aholisiga issiqlik energiyasi ta’minotida ham uzilish kuzatiladi.

Bundan tashqari, ertaga, 21 aprel kuni soat 07:00 dan 23:00 qadar Sergeli tumanidagi “Istiqbol” nimstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan tumandagi yangi qurilgan 8, 9- uchastkalardagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchali o‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz elektr energiya

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing