Nazarboyevlar Britaniyadagi “asoslanmagan boylik” bo‘yicha sudda yutib chiqdi

Olam

image
Buyuk Britaniya Nazarboyevning nabirasi shuncha pulni qayerdan olgani bilan qiziqyapti north_east

Buyuk Britaniya Nazarboyevning nabirasi shuncha pulni qayerdan olgani bilan qiziqyapti

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va nabirasi Nurali Aliyev Buyuk Britaniyaning Milliy kriminal agentligi (NCA) bilan “asoslanmagan boylik” bo‘yicha sudda yutib chiqdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Qirollikning Oliy sudi Darig‘a Nazarboyeva va Nurali Aliyevni aybsiz deb qaror chiqardi. Ular noqonuniy topilgan pullarga olingan 80 millon funt sterling (taxminan 100 million dollar) ga teng mulklarga egalik qiladi deb iddao qilingandi. NCA sud qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtiryapti.

Sudya Nazarboyevlar “mulk uchun to‘lash darajasida badavlat ekanini” ta’kidlagan. Ular so‘nggi yillarda Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev bilan aloqada bo‘lmagani ham o‘rganilgan. Rohat Aliyev 2015 filda vafot etgan. NCA tergovchilarining fikricha, mulklar Rohat Aliyevning jinoiy faoliyati natijasida xarid qilingan. 

11 mart kuni Buyuk Britaniya “asossiz boylik” shubhasi bilan Nazarboyevlarga tegishli mulkni taqiqqa olgandi. Ularning orasida Bishops-avenyudagi hovuz va kinoteatri bor 39 mln funt sterlinglik uy, Xaygeytdagi 9 mln funt sterlinglik va Chelsi tumanidagi 32 mln funt sterlinglik kvartiralar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing