Qozog‘istonda favqulodda holat va karantin rejimi may oyiga qadar uzaytirildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tufayli mamlakatda favqulodda holat rejimi aprel oyining oxirigacha, shuningdek, Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkentda karantin muddati may oyiga qadar uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 10 aprel kuni Prezidentning matbuot kotibi Berik Qurmangali ma’lum qildi.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, 9 aprel kuni favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda To‘qayev raisligida viloyat va Respublika ahamiyatidagi shaharlarning hokimlari, shuningdek, davlat organlari va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari videokonferensiyada ishtirok etdi.

“Favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi mening farmonim 15 aprelda tugashi kerak. Lekin, hozirgi sharoitda ushbu favqulodda holat rejimi kamida aprel oyining oxirigacha uzaytirilishi kerakligini tushunib turibmiz“, deydi To‘qayev.

Prezident, shuningdek, aprel oxirigacha poytaxt, Olma-ota va Chimkentda karantinni uzaytirish zarurligi haqida gapirdi.

“Biz hali ham koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisiga chiqmadik. Epidemiya bilan bog‘liq choralarni yumshatish mumkin emas. Shu sababli men Nur-Sulton, Olma-ota, Chimkent va tegishli hududlarda karantin rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirishni buyuraman. Bu odatiy bo‘lmagan qaror. Ammo karantinga amal qilish va o‘zini izolyatsiya qilishdan boshqa chora yo‘q. Bular mahalliy va xalqaro virusologlarning tavsiyalaridir“, deydi davlat rahbari videokonferensiyada.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 802 ta koronavirus holati tasdiqlangan. Kasallanganlarning 63 nafari sog‘aygan, 9 nafari esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Karantin Qosim-Jo'mart To'qaev

Baholaganlar

124

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing