2000 yil tug‘ilgan terrorchi qo‘lga olindi

Olam

image

Dog‘istonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan ISHID a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 2000 yilda tug‘ilgan va Rossiya fuqarosi.

Jangari Dog‘istonning Tarumov tumanidagi o‘rmon massivida yashirib qo‘yilgan juda kuchli qo‘lbola portlash qurilmasini olishga urinayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlik kiritilishicha, terrorchi huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat xodimlariga nisbatan teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Dog'iston

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing