Yunusobodda sigaret yong‘inga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Shu yilning 17 sentyabridan 18 sentyabriga qadar Toshkent shahrida yong‘in bilan bog‘liq 4 ta holati qayd etilgan bo‘lib, unda 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan, insonlarni halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Jumladan bugun, 18 sentyabr kuni soat 00:15da, Yunusobod tumani, 15-daha 48-uy 11-xonadonda ruy bergan. Bunga xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaroning mast holda sigareta chekishida ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.

Fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Yong‘in oqibatida uy jihozlari hamda 10 kvadrat metr maydon yongan.

Shuningdek, yong‘indan xonadonning 20 kvadrat metr maydoni saqlanib qolingan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 00:35da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in sigaret

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing