Malayziya muftiysi O‘zbekiston elchisi bo‘ldi

Olam

image

Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Muftiy O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu lavozimga tayinlangan. 

Joriy yilning 21-23 fevral kunlari Buxoroda I Xalqaro ziyorat turizmi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab davlatlar vakillari qatorida, Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin ham ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta unga elchilik sertifikati taqdim etildi.

Faxriy elchi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonni sayyohlar uchun jozibali yo‘nalish sifatida faol ravishda targ‘ib etmoqda, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlik guruhlariga malayziyalik islom olimlarni doimiy ravishda jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

I Xalqaro ziyorat turizmi forumi O'zbekiston-Malayziya Mohd Asri bin Zaynul Abidin

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made