Koronavirus avj olgan Eronda qancha o‘zbekistonlik borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
Koronavirus sabab o‘quvchilarning ta’til muddati o‘zgardimi? XTV izoh berdi north_east

Koronavirus sabab o‘quvchilarning ta’til muddati o‘zgardimi? XTV izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eron hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning qarindoshlari va yaqinlariga eslatma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston Elchixonasi huzurida Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tunu kun faoliyat yuritadi.

Elchixona ma’lum qilishicha, hozirgi paytda 50 ga yaqin o‘zbekistonlik turli sabablarga ko‘ra Eronda bo‘lib turibti, bugun, 6 mart holatiga ko‘ra ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti, Ishchi guruh a’zolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

“Elchixona rasmiy veb-sayti va Telegram messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali O‘zbekiston fuqarolariga Eron hukumati o‘rnatgan me’yor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qat’iy rioya qilishlarini, Vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin, hotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi. Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach O‘zbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar”, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi Ishchi guruh bilan bog‘lanish ma’lumotlari:

Tel.: +98 2122832071; +98 2122299780;
Kosturayev Kosturajon (konsul), tel.: +98 91201327823.

Elchixonaning Internet manzillari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/
Telegram`dagi “Citizens of Uzbekistan in Iran” guruhi: https://t.me/UzbekistanCitizensinIran.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 3518 nafarni, undan halok bo‘lganlar 108 nafarni tashkil qilyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

TIV Eron koronavirus

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing