Qaysi qon guruhi egalarining koronavirusga chalinish ehtimoli kam?

Salomatlik

image

Birinchi qon guruhi egalarining koronavirus bilan zararlanish ehtimoli kam. Bu haqda "MedicalXpress" portaliga asoslanib ma’lumot berildi. 

Daniya va Kanadalik olimlar qon guruhi koronavirusning qanday o‘tishiga ham ta’sir qiladi degan xulosaga kelishgan.

Olimlarning birinchi tadqiqoti davomida 473 ming kishidan koronavirus uchun test olingan.Unga ko‘ra, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhi egalarida musbat javob ko‘proq aniqlangan. 

Birinchi qon guruhi egalarida esa musbat javob sezilarli darajada kam aniqlangan.

Shuningdek, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhi egalarida infeksiya xavfi ham bir xil bo‘lgan.

Ikkinchi tadqiqotda esa koronavirusning og‘ir turi bilan zararlangan 95 nafar kanadalik bemordan tahlillar olingan.

Unga ko‘ra, ikkinchi va to‘rtinchi qon guruhi egalarida tez-tez shamollash kuzatilishi, shuningdek, ularda buyrak yetishmovchiligi muammosi ham ko‘p uchrab turishi aniqlangan. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, koronavirus bunday odamlarning organlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 

Shuningdek, birinchi qon guruhi egalaridan tashqari boshqa barcha qon guruhi egalari jonlantirish bo‘limiga ko‘proq tushgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 39 milliondan, vafot etganlar 1,1 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

835

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing