Madrimov Kroufordga qarshi jang qiladi – manba

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini amerikalik yengilmas bokschi, yarimo‘rta vazn toifasida WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi va vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchisi Terens Kroufordga qarshi jang qiladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu jang 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, Krouford oxirgi jangida hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarimo‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi. 36 yoshli Terens hisobida profboksda erishilgan 40 ta g‘alaba mavjud. Madrimov esa oxirgi jangini rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi o‘tkazib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing