Respublika GAI rahbari Xolmatjon Saydaliyev o‘rniga yangi boshliq keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Uzoq yillar davomida boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Xolmatjon Saydaliyev lavozimidan ozod qilindi.

Xolmatjon Saydaliyev o‘rniga boshqarmaga polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshliq bo‘ldi.

Olim Saidov bungacha Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB Xolmatjoy Saydaliev Olim Saidov

Baholaganlar

516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made