Mahmud Murodov UFC bilan 4 ta jangga shartnoma imzoladi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov tashkilot bilan yana 4 ta jang uchun shartnoma tuzdi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun UFC bilan 4 ta jang uchun yangi shartnoma imzoladim. Mamlakatimizni dunyo miqyosida namoyish etayotganimdan juda xursandman va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat aytmoqchiman. Barchangizni yaxshi ko‘raman va qadrlayman. Bu faqat boshlanishi!”, deb yozib qoldirdi sportchi.

Qayd etish joiz, 34 yoshli Mahmud Murodov UFC'dagi oxirgi jangini fevral oyida rossiyalik Aliasxab Hizriyevga qarshi o‘tkazgandi. Mazkur jang 11-soniyadayoq to‘xtatildi va o‘tkazilmagan, deb qayd etildi, chunki Hizriyev jang davom etayotgan bir pallada Murodovning ko‘ziga qo‘lini tiqib oldi va o‘zbekistonlik jangchi bahsni davom ettirolmadi.

Ma’lumot uchun, Murodov Hizriyevgacha UFCʼda 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta esa mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Aliasxab Hizriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing