Mahmud Murodov oxirgi jangidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov rossiyalik Aliasxab Hizriyevga qarshi jangdan 76 ming AQSH dollar daromad qildi. Bu haqda “MMA Junkie” xabar berdi.

Mazkur jang 11-soniyadayoq to‘xtatildi va o‘tkazilmagan, deb qayd etildi, chunki Hizriyev jang davom etayotgan bir pallada Murodovning ko‘ziga qo‘lini tiqib oldi va o‘zbekistonlik jangchi bahsni davom ettirolmadi.

Shunday qilib, Murodov umumiy hisobda jang uchun 70 ming, homiylik kelishuvlaridan 6 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi. Hizriyev esa jangdan 16 ming, homiylik shartnomalaridan 4 ming AQSH dollar foyda qildi. 

Ma’lumot uchun, Murodov Hizriyevgacha UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta esa mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan. Hizriyev esa UFC'da 1 marta oktagonga ko‘tarilgan va g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Aliasxab Xizriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing