Lukashenkoning oyog‘iga katta yog‘och bo‘lagi tushib ketdi

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko jarohati sababli xokkey o‘yinida ishtirok etolmaydigan bo‘ldi. Bu haqda "Pul Pervogo" Telegram-kanali ma’lum qildi. 

Lukashenko bu haqda 19 yanvar kuni  Minskdagi zavodga tashrifi chog‘ida so‘z ochgan.

“Men o‘tin yorayotgan edim, oyog‘imga 80 kg.ga yaqin yog‘och bo‘lagi tushib ketdi”, degan u.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, dastlab og‘riq sezilmagan va bemalol yurgan, biroq keyin uning oyog‘i shishib ketgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Belarus rezidenti jamoasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ayni paytda jamoa hisobida 9 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko prezident va uning oila a’zolarining daxlsizligi, umrbod himoya va davlat ko‘chmas mulkiga bo‘lgan huquqini kafolatlovchi hujjat qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko yog'och

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made