Londonning ikki grandi bir futbolchiga qiziqmoqda
Sport
−
11 mart 2019
5561Londonning ikki klubi “Arsenal” va “Tottenxem” Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi yarim himoyachisi Pablo Fornalsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Express nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq, futbolchiga asosiy davogar Italiyaning “Napoli” klubi edi. Italiya matbuotida yozilishicha futbolchi allaqachon neapolliklar bilan kelishuvga erishgan. Biroq, Angliya grandlarining qiziqishi futbolchining rejalarini o‘zgartirib yuborib, Angliyaga ko‘chib o‘tishga sabab bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda futbolchi “Vilyarreal” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va sheriklariga besh marotaba golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi