SamDUda yangi fakultet tashkil etildi

Jamiyat

image

Samarqand davlat universitetida yurtimiz tarixida ilk marotaba xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim beriladigan  Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.

Fakultetda quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi universitetlari, Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti,  Hindistonning Aligarx Muslim universiteti, Germaniyaning Kiyel universiteti, Fransiyaning Injineriya maktabi, Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar va Sankt-Peterburg universitetlari.

Fakultetda materialshunoslik, sanoat matematikasi, mexatronika va robototexnika, geografik axborot tizimlari va masofaviy zondlash, muhandislik, axborot texnologiyalari, tarix, maktabgacha ta’lim, psixologiya kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. 

Bakalavriatning 1- va 2- bosqichlari va magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar. 

Abituriyentlardan hujjatlar Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti binosining 1-qavatida qabul qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made