Surxondaryoda o‘zini himoya qilishga uringan 17 yoshli qiz qotilga aylandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 iyul kuni Surxondaryo viloyatida 17 yoshli qiz o‘zi va yaqinlarini himoya qilaman deb, 23 yoshli yigitni pichoq bilan jarohatlab, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

3 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchilar 29 yoshli S.X. ismli ayol 17 yoshli qiz jiyanlari N.A., N.Sh., 15 yoshli S.Sh. va tanishi 24 yoshli I.O. bilan birga Xayrobod mahallasida yashovchi qarindoshining uyiga ketayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda 23 yoshli M.I., 19 yoshli O.T. hamda 22 yoshli I.M. ularning yo‘llarini to‘sib, hech bir sababsiz haqoratlab, yashash manziliga yetib kelguniga qadar ularni ta’qib qilgan. M.I. ularni uyiga kirishiga qo‘ymay, haqoratlab, urib, tan jarohati yetkazgan vaqtida N.A. oshxonadan pichoq olib chiqib, M.I.ga qaratib, tartibsiz pichoqni harakatlantirganligi oqibatida uning chap qo‘l va ko‘krak qafasiga yengil tan jarohati yetkazgan va uyiga kirib, darvozani qulflab olgan.

Shundan so‘ng 3 nafar bezorilar, ushbu uyning hovlisiga devor oshib kirib, hovlida ular bilan janjallashayotgan vaqtlarida N.A. ularni qo‘rqitish, o‘zini hamda qarindoshlarini himoya qilish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib ketganligini sezmay, M.I.ga jarohat yetkazgan.

Natijada M.I. shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. N.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Surxondaryoda

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing