“Lokomotiv”ning OCHLdagi so‘nggi o‘yini hech qanday ahamiyatga ega emas
Sport
−
21 may 2019
3195Bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlari davom ettiriladi.
O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Lokomotiv” klubi Toshkentda Qatarning “Ar Rayan” klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Lokomotiv” stadionida boshlanadi.
“Lokomotiv” allaqachon guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lib ulgurgan. Andrey Fyodorov shogirdlari 5ta o‘yindan keyin atigi 4 ochko jamg‘arib, guruhda 3-pog‘onanini egallab turishibdi. Ammo bugungi o‘yindagi g‘alaba O‘zbekiston uchun Osiyo chempionlar ligasidagi kvotalarni oshishiga yordam berishi mumkin.
LiveBarchasi