Uxan shahri jamoasi futbolchilari “El-klassiko”ga taklif qilindi

Sport

image

Xabaringiz bor, ertaga La liga doirasida, Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"da Kataloniyaning "Barselona" jamoasini qabul qiladi.

Uxan shahrining "Uxan Chjoer" jamoasi futbolchilari La liga rahbariyati tomonidan "El-klassiko"ni tomosha qilish uchun ushbu uchrashuvga taklif qilindi. 

Uxar shahrida koronavirus tarqalganligi sababli, ayni paytda "Uxan Chjoer" jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Ispaniyada o‘tkazmoqda.  Bugun xitoylik futbolchilar La liga ofisiga tashrif buyurishadi, ertaga "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Santyago Bernabeu"ga borishadi. Dushanba kuni esa La liga prezidenti Emilio Butrageno uxanlik futbolchilarni stadion bo‘ylab ekskursiya qildiradi. 

Ta’kidlash kerakki, so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, 85209 nafar odam koronavirus yuqtirib olgan. 2924 nafari esa vafot etgan. 39517 nafar inson ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" - "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1 martdan 2 martga o‘tar kechasi 01:00da boshlanadi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing