Gulistonda “O‘qituvchi”ning birinchi Book cafe'si ochildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Book cafe qurib bitkazildi. Ushbu majmua bir oyda minglab kitobxonga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Endilikda bu yerda o‘quvchilar, talabalar va barcha kitobxonlar o‘zlariga yoqqan kitobni tanlab o‘qishi va xarid qilishi mumkin.

“Agentlik tizimidagi nashriyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, arzon narxlarda olib kelingan 10 mingdan ortiq badiiy adabiyot va boshqa kitoblar kitobxonlarimizga manzur keladi, degan umiddamiz. 5 ta tashabbus doirasidagi ushbu loyihani yurtimizning har bir hududida amalga oshiramiz. Mehnatkash Sirdaryo xalqiga esa yana bir ma’rifat o‘chog‘i muborak bo‘lsin, deymiz”, deydi agentlik direktori Komiljon Allamjonov. 

Ma’lumki, O‘zbekiston rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 

To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Book cafe

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar