OTMlarda an’anaviy ta’lim qachondan boshlanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich faoliyatini boshlayapti. Ammo oliy ta’lim muassasalarining ochilishidan darak yo‘q. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining OTMlarni ochish bo‘yicha qanday rejasi bor?

“Bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan shu masala bo‘yicha ishlamoqda. Yangilik bo‘lsa tezkorlik bilan e’lon qilamiz. Nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilari ham an’anaviy ta’limni sog‘ingan. 

Bundan tashqari, tumanlarda internetga kirish imkoniyati yo‘q talabalar uchun markazlar tashkil etilyapti va talabalarning onlayn ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilyapti”, dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili Abduvali Xoliqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oliy ta’lim tizimidagi talabalarning ko‘pchiligi yotqoxonalarda yashaydi. Bunday vaziyatda karantin qoidalariga amal qilish darajasi susayishi mumkin.

Avvalroq, OTMlarda birinchi semester to‘liq masofaviy bo‘lishi, fevraldan an’anaviy ta’limga qaytish mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

822

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made