Levandovski “The Best”ga kimni munosib ko‘rgani ma’lum

Sport

image

Avvalroq, FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

“The Best” sovrinini qo‘lga kiritgan Levandovski Polsha terma jamoasi sardori sifatida ovoz berishda ishtirok etdi. U birinchi o‘ringa “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino, ikkinchi o‘ringa PSJ hujumchisi Lionel Messi, uchinchi o‘ringa “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Robert 2021 yilda dunyoning eng sermahsul futbolchisiga aylandi. U “Bavariya” va Polsha tarkibida 59 ta o‘yinda 69 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Ma’lumot uchun, ovoz berishda terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari, OAV vakillari hamda muxlislar ishtirok etadi. Yil yakunida sardorlar, murabbiylar va jurnalistlar eng yaxshi uch futbolchini tanlaydilar. Birinchi o‘rinda qayd etilgan futbolchiga 5 ball, ikkinchi o‘ringa 3, uchinchi o‘ringa 1 ball beriladi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu The Best FIFA Jorjin'o

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing