Kimyoviy zavodda yirik yong‘in chiqdi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kimyoviy zavodda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in shaharning Osiyo qismidagi Arnavutko‘y tumanidagi zavodda chiqqan Ishlab chiqarish maydonlarida vaqti-vaqti bilan portlash ovozlari eshitilib turibdi.

“Arnavutko‘y tumanida kimyoviy zavodda yong‘in yuzaga keldi. Favqulodda holat yuz bergan joyda o‘t o‘chirish brigadalari va tibbiyot xodimlari ish olib boryapti”, deyiladi CNN Turk xabarida.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, zavodning umumiy maydoni 10 ming kvadrat metr. Hozir voqea joyiga 40 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 129 ta qutqaruvchi jalb qilingan. Olov hamon bartaraf etilmagan.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum. Halok bo‘lgan yoki jabrlangar haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul yong'in zavod

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing