Yana bir davlat Falastinni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Olam

image

Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan Yaqin Sharq masalasida ilgari surilgan “asr kelishuvi”ni tanqid qildi. 

“Malayziya Falastinni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, - dedi Maxatxir Kuala- Lampurda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning “tinchlik rejasi” mustaqil Falastin davlatini yaratish harakatlariga hissa qo‘shmaydi.

“Malayziya ushbu taklifni juda nomaqbul va adolatsiz deb biladi. Ushbu reja hozirgi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi va muqaddas Quddus shahrini Isroilga “taslim etadi”, dedi Maxatxir Muhammad.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Donald Trampning Isroil va Falastin haqidagi rejasida Falastin davlatida AQSH elchixonasini ochishni ko‘zda tutilgan. "Asr kelishuvi" amalga oshishi bilan Falastin maydonini ikki baravar ortishi va mamlakatda 1 millionga yaqin ish o‘rni yaratilishi kerak.

Bundan tashqari, falastinliklar Isroilga qarshi terrorni hamda HAMASni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning taklifi Falastinning to‘liq huquqli davlatni shakllantirish uchun so‘nggi imkoniyat.

Shuningdek, Quddus Isroilning ajralmas poytaxtiga aylantirilishi kerak


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing