LADA Uzbekistan xaridorlar uchun kvartira va qimmatbaho sovrinlarga boy o‘yin o‘tkazadi

Biznes

image

“ROODELL” MCHJ — O‘zbekistondagi LADA avtomobillarining rasmiy importchisi xaridorlar orasida kvartira va qimmatbaho sovrinlarga boy o‘yin tashkil qiladi. Aksiya 2020 yilning 1 oktyabridan 2021 yilning 20 martigacha davom etadi hamda televizorlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar, muzlatgichlar kabi o‘nlab qimmatbaho sovg‘alar, ikkita super sovrin — “Golden House” kompaniyasidan kvartiralarni taqdim etadi. 

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiya davomida kompaniyaning O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy dileridan LADA rusumli mashinani xarid qilishingiz kerak. Bu sizni avtomatik tarzda 2021 yilning 24 martida tantanali ravishda o‘tkaziladigan o‘yin ishtirokchisiga aylantiradi

“LADA xarid qil kvartira yutib ol” aksiyasida LADA kompaniyasining O‘zbekistonda rasmiy ravishda taqdim etilgan barcha atvomobillari ishtirok etadi: VESTA, XRAY, Largus, shuningdek, 4x4.

Tanlovning ochiq tender taklifi, shuningdek avtomobillarning modellari qatori bilan LADA Uzbekistan rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram     Facebook     Instagram


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

LADA

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made