Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik pichoqlab, tunab ketildi

Olam

image

Rossiyaning Stavropol o‘lkasidagi Krasnogvardeyskoye tumanida O‘zbekiston fuqarosi urib, pichoqlab, tunab ketildi. Bu haqda O‘zbekistonnng Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni 3 nafar shaxs o‘zbekistonlik D.Y.ga hujum qilib, unga bir necha marta pichoq bilan zarba bergan. Talonchilar D.Y.ning telefon va pullarini olib qo‘ygan.

O‘zbekistonlik Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandr shifoxonasiga joylashtirildi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergovchilarning va politsiya xodimlarining tizimli faoliyati natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar tezkorlik bilan aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov tadbirlari davom etmoqda. 

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg TIV o'zbekistonlik

Baholaganlar

67

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing