Kutilganidek “Paxtakor” Superliga chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston superligasida 22-tur uchrashuvlari o‘tkazildi va muddatidan avval mavsum chempioni nomi aniqlandi.

O‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilgan “Paxtakor” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va chempionat tugashiga 4 ta tur qolganida chempionlikni tantana qildi. Bugungi g‘alaba evaziga ochkolar sonini 54 taga yetkazib olgan “sherlar” ikkinchi pog‘onada borayotgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini 14 ochkoga ortda qoldirdi. 

“Qo‘qon-1912” maydoniga safar qilgan Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari 1:1 hisobida durang qayd etishdi va 40 ochkoga ega bo‘lgan holda “Paxtakor”ning chempion bo‘lishiga ko‘maklashib yubordi. Jizzaxliklar chempionat yakuniga qadar Piter Xyuistra jamoasiga yeta olmasligi aniq bo‘ldi. 

Shu tariqa “Paxtakor” o‘z tarixida 14-bor mamlakat chempioni bo‘ldi. Jamoa bunga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019 va 2020 yillarda tengsiz, deb topilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chempionatida hech bir klub bu qadar ko‘p chempion bo‘lmagan. Titullar soni bo‘yicha 2-o‘rindagi Farg‘onaning “Neftchi” va Toshkentning “Bunyodkor” klubi 5 marta oltin medalga ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor O'zbekiston Superligasi So'g'diyona Piter Xyuistra

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing